QuranQuiz bySALSABIL STUDIO
Open the appOpen app

سورة الذاريات

Adh-Dhariyat surasi oʻzbek tilida

60 oyat · 114 suradan 51-sura

🌐 Translation: Oʻzbekcha

Englishالعربية (بلا ترجمة)اردوBahasa IndonesiaBahasa MelayuTürkçeFrançaisDeutschEspañolPortuguêsItalianoNederlandsРусскийفارسیবাংলাहिन्दीSoomaaliKiswahiliHausaShqipBosanskiAzərbaycancaOʻzbekcha中文日本語한국어ภาษาไทยTiếng ViệtTagalogپښتوPolskiSvenskaNorskSuomiČeštinaRomânăБългарскиУкраїнськаעבריתதமிழ்മലയാളംతెలుగుमराठीગુજરાતીनेपालीසිංහලঅসমীয়াسنڌيدریKurdîދިވެހިئۇيغۇرچەአማርኛAfaan OromooYorùbáKinyarwandaBamanankanChiyaoTamaziɣtMëranawТоҷикӣҚазақшаТатарчаភាសាខ្មែរEnglish (Abdel Haleem)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

وَٱلذَّٰرِيَـٰتِ ذَرْوًا ﴿١﴾

51:1 Chang to`zituvchi(shamol)lar bilan qasam.

فَٱلْحَـٰمِلَـٰتِ وِقْرًا ﴿٢﴾

51:2 Yuk ko`taruvchi(bulut)lar bilan qasam.

فَٱلْجَـٰرِيَـٰتِ يُسْرًا ﴿٣﴾

51:3 Oson yuruvchi(kema)lar bilan qasam.

فَٱلْمُقَسِّمَـٰتِ أَمْرًا ﴿٤﴾

51:4 Ish taqsimlovchi(farishta)lar bilan qasam.

إِنَّمَا تُوعَدُونَ لَصَادِقٌ ﴿٥﴾

51:5 Albatta, sizga va'da qilingan narsa rostdir.

وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌ ﴿٦﴾

51:6 Va, albatta, qiyomat voqe' bo`lguvchidir.

وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ ﴿٧﴾

51:7 Go`zal, mustahkam osmon bilan qasam.

إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍ مُّخْتَلِفٍ ﴿٨﴾

51:8 Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.

يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ ﴿٩﴾

51:9 U(Qur'on)dan kim burilsa, (butunlay) burib qo`yiladir.

قُتِلَ ٱلْخَرَّٰصُونَ ﴿١٠﴾

51:10 Yolg`onchilarga la'nat bo`lsin!

ٱلَّذِينَ هُمْ فِى غَمْرَةٍ سَاهُونَ ﴿١١﴾

51:11 Ular jaholatdagi g`ofillardir.

يَسْـَٔلُونَ أَيَّانَ يَوْمُ ٱلدِّينِ ﴿١٢﴾

51:12 Ular: «Hisob-kitob kuni qachon», deb so`rarlar.

يَوْمَ هُمْ عَلَى ٱلنَّارِ يُفْتَنُونَ ﴿١٣﴾

51:13 Bu kunda ular olovda azoblanurlar.

ذُوقُوا۟ فِتْنَتَكُمْ هَـٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تَسْتَعْجِلُونَ ﴿١٤﴾

51:14 «Azobingizni tatib ko`ring», siz «Qachon bo`ladir», deb shoshilgan narsa — shu!» (deyilur).

إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ ﴿١٥﴾

51:15 Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlardadir.

ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ ﴿١٦﴾

51:16 Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan bo`lganlardir.

كَانُوا۟ قَلِيلًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ ﴿١٧﴾

51:17 Ular kechalari oz uxlar edilar.

وَبِٱلْأَسْحَارِ هُمْ يَسْتَغْفِرُونَ ﴿١٨﴾

51:18 Va ular saharlarda istig`for aytar edilar.

وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ ﴿١٩﴾

51:19 Va molu mulklarida so`rovchi va bechoralarning haqqi bordir.

وَفِى ٱلْأَرْضِ ءَايَـٰتٌ لِّلْمُوقِنِينَ ﴿٢٠﴾

51:20 Va yerda chuqur ishonuvchilar uchun belgilar bor.

وَفِىٓ أَنفُسِكُمْ ۚ أَفَلَا تُبْصِرُونَ ﴿٢١﴾

51:21 Va o`zlaringizda ham (belgilar) bor. Yoki ko`rmayapsizlarmi?!

وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ ﴿٢٢﴾

51:22 Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).

فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ ﴿٢٣﴾

51:23 Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (va'da) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.

هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ ﴿٢٤﴾

51:24 Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?

إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَـٰمًا ۖ قَالَ سَلَـٰمٌ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ ﴿٢٥﴾

51:25 Ular uning huzuriga kirib, «Salom» deganlarida, u «Salom, notanish qavmlar», dedi.

فَرَاغَ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ فَجَآءَ بِعِجْلٍ سَمِينٍ ﴿٢٦﴾

51:26 Ahliga (maxfiy) borib, semiz buzoqni (pishirib) keltirdi.

فَقَرَّبَهُۥٓ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ ﴿٢٧﴾

51:27 Uni ularga yaqin surdi va: «Emaysizlarmi?» – dedi.

فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَـٰمٍ عَلِيمٍ ﴿٢٨﴾

51:28 Ulardan xavfsiradi. Ular: «Qo`rqma», dedilar va unga ilmli o`g`il bashoratini berdilar.

فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌ ﴿٢٩﴾

51:29 Bas, xotini qichqirib keldi va o`z yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tug`mas xotin-a?!» – dedi.

قَالُوا۟ كَذَٰلِكِ قَالَ رَبُّكِ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ ﴿٣٠﴾

51:30 Ular: «Sening Robbing shunday dedi. Albatta, Uning O`zi Hakiym va Aliymdir», dedilar.

۞ قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ ﴿٣١﴾

51:31 U: «Ey elchilar! Sizning ishingiz nedir?» – dedi.

قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ ﴿٣٢﴾

51:32 Ular: «Albatta, biz jinoyatchi qavmga yuborilganmiz.

لِنُرْسِلَ عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن طِينٍ ﴿٣٣﴾

51:33 Ularning ustidan loydan (pishirilgan) toshlarni tashlash uchun.

مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ لِلْمُسْرِفِينَ ﴿٣٤﴾

51:34 Robbing huzurida isrofchilar uchun belgilab qo`yilganlarni», dedilar.

فَأَخْرَجْنَا مَن كَانَ فِيهَا مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٣٥﴾

51:35 Va Biz u joydan mo`minlarni chiqardik.

فَمَا وَجَدْنَا فِيهَا غَيْرَ بَيْتٍ مِّنَ ٱلْمُسْلِمِينَ ﴿٣٦﴾

51:36 U yerda bir xonadondan boshqa musulmonlarni topmadik.

وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةً لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ ﴿٣٧﴾

51:37 Va u yerda alamli azobdan qo`rqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.

وَفِى مُوسَىٰٓ إِذْ أَرْسَلْنَـٰهُ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ بِسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ ﴿٣٨﴾

51:38 Va Musoda ham (belgi) bor. Biz uni Fir'avnga ravshan hujjat ila yuborganimizda...

فَتَوَلَّىٰ بِرُكْنِهِۦ وَقَالَ سَـٰحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ ﴿٣٩﴾

51:39 U yuz o`girib, ishongani tomon yurdi va: «(Muso) sehrgar yoki majnundir», dedi.

فَأَخَذْنَـٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ ﴿٤٠﴾

51:40 Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.

وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ ﴿٤١﴾

51:41 Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug`mas shamolni yubordik.

مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ ﴿٤٢﴾

51:42 U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qo`ymas.

وَفِى ثَمُودَ إِذْ قِيلَ لَهُمْ تَمَتَّعُوا۟ حَتَّىٰ حِينٍ ﴿٤٣﴾

51:43 Va Samudda ham (belgi) bor. Ularga: «Vaqtinchalik maza qilib turinglar», deyilgan vaqtda...

فَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّـٰعِقَةُ وَهُمْ يَنظُرُونَ ﴿٤٤﴾

51:44 Allohning amridan bosh tortdilar, bas, qarab turgan hollarida ularni qattiq ovoz tutdi.

فَمَا ٱسْتَطَـٰعُوا۟ مِن قِيَامٍ وَمَا كَانُوا۟ مُنتَصِرِينَ ﴿٤٥﴾

51:45 Bas, ular o`rinlaridan turolmadilar va yordam ham ololmadilar.

وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ ﴿٤٦﴾

51:46 Va bundan avval Nuh qavmini ham (halok etganmiz). Albatta, ular fosiq qavm edilar.

وَٱلسَّمَآءَ بَنَيْنَـٰهَا بِأَيْي۟دٍ وَإِنَّا لَمُوسِعُونَ ﴿٤٧﴾

51:47 Osmonni O`z qo`limizda(qudratimiz) ila bino qildik. Albatta, Biz uni kengaytiruvchimiz.

وَٱلْأَرْضَ فَرَشْنَـٰهَا فَنِعْمَ ٱلْمَـٰهِدُونَ ﴿٤٨﴾

51:48 Va yerni to`shab qo`ydik. Biz qandoq ham yaxshi tayyorlovchidirmiz!

وَمِن كُلِّ شَىْءٍ خَلَقْنَا زَوْجَيْنِ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ ﴿٤٩﴾

51:49 Va Biz har bir narsani juft yaratdik. Shoyadki, eslasangizlar.

فَفِرُّوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿٥٠﴾

51:50 Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

وَلَا تَجْعَلُوا۟ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ ۖ إِنِّى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿٥١﴾

51:51 Va Allohga boshqa ma'budni sherik qilmanglar. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

كَذَٰلِكَ مَآ أَتَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا قَالُوا۟ سَاحِرٌ أَوْ مَجْنُونٌ ﴿٥٢﴾

51:52 Xuddi shunday, bulardan avvalgilarga ham har bir Payg`ambar kelgan vaqt (uni) sehrgar yoki majnun deganlar.

أَتَوَاصَوْا۟ بِهِۦ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ طَاغُونَ ﴿٥٣﴾

51:53 Kelishib olganmilar?! Yo`q, ular tug`yonga ketgan qavmlardir!

فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍ ﴿٥٤﴾

51:54 Ulardan yuz o`gir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.

وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٥٥﴾

51:55 Va eslatgin. Albatta, eslatish mo`minlarga manfaat berur.

وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ ﴿٥٦﴾

51:56 Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.

مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ ﴿٥٧﴾

51:57 Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.

إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ ﴿٥٨﴾

51:58 Albatta, Alloh O`zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.

فَإِنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذَنُوبًا مِّثْلَ ذَنُوبِ أَصْحَـٰبِهِمْ فَلَا يَسْتَعْجِلُونِ ﴿٥٩﴾

51:59 Albatta, zulm qilganlarga o`z birodarlari azobichalik azob bor, shoshilmasinlar.

فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن يَوْمِهِمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ ﴿٦٠﴾

51:60 Kofirlarga va'da qilinayotgan kunlarida halokat bo`lsin.

Oʻzingizni sinang

Oʻzingizni sinang →

Hear Surah Adh-Dhariyat from all 90 reciters →