QuranQuiz bySALSABIL STUDIO
Open the appOpen app

سورة الصف

As-Saf surasi oʻzbek tilida

14 oyat · 114 suradan 61-sura

🌐 Translation: Oʻzbekcha

Englishالعربية (بلا ترجمة)اردوBahasa IndonesiaBahasa MelayuTürkçeFrançaisDeutschEspañolPortuguêsItalianoNederlandsРусскийفارسیবাংলাहिन्दीSoomaaliKiswahiliHausaShqipBosanskiAzərbaycancaOʻzbekcha中文日本語한국어ภาษาไทยTiếng ViệtTagalogپښتوPolskiSvenskaNorskSuomiČeštinaRomânăБългарскиУкраїнськаעבריתதமிழ்മലയാളംతెలుగుमराठीગુજરાતીनेपालीසිංහලঅসমীয়াسنڌيدریKurdîދިވެހިئۇيغۇرچەአማርኛAfaan OromooYorùbáKinyarwandaBamanankanChiyaoTamaziɣtMëranawТоҷикӣҚазақшаТатарчаភាសាខ្មែរEnglish (Abdel Haleem)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ ﴿١﴾

61:1 Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi. U zot g`olib va hikmat egasidir.

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لِمَ تَقُولُونَ مَا لَا تَفْعَلُونَ ﴿٢﴾

61:2 Ey, iymon keltirganlar! Nima uchun qilmagan narsalaringizni gapirasiz?!

كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ أَن تَقُولُوا۟ مَا لَا تَفْعَلُونَ ﴿٣﴾

61:3 Qilmaydigan narsangizni gapirishingiz Allohning nazdida qattiq yomon ko`rilgandir.

إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلَّذِينَ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِهِۦ صَفًّا كَأَنَّهُم بُنْيَـٰنٌ مَّرْصُوصٌ ﴿٤﴾

61:4 Albatta, Alloh O`z yo`lida xuddi jips binodek bo`lib, safda turib urush qiladiganlarni yaxshi ko`radir.

وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَـٰقَوْمِ لِمَ تُؤْذُونَنِى وَقَد تَّعْلَمُونَ أَنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ ۖ فَلَمَّا زَاغُوٓا۟ أَزَاغَ ٱللَّهُ قُلُوبَهُمْ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَـٰسِقِينَ ﴿٥﴾

61:5 Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning Rasuli ekanimni bilib turib yana nima uchun menga ozor berasiz», deganini esla. Ular (haqdan) burilgan edilar, Alloh ularning qalbini burib qo`ydi. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.

وَإِذْ قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ يَـٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُم مُّصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَىَّ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَمُبَشِّرًۢا بِرَسُولٍ يَأْتِى مِنۢ بَعْدِى ٱسْمُهُۥٓ أَحْمَدُ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ قَالُوا۟ هَـٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ ﴿٦﴾

61:6 Iyso ibn Maryam: «Ey, Bani Isroil, albatta, men o`zimdan oldin kelgan Tavrotni tasdiqlash va mendan keyin keluvchi Ahmad ismli Rasulning bashoratini berish uchun Alloh sizlarga yuborgan Payg`ambarman», deganini esla. Qachonki u(Ahmad) ularga haq bilan kelgan vaqtda esa, bu ochiq-oydin sehrdir, dedilar.

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ وَهُوَ يُدْعَىٰٓ إِلَى ٱلْإِسْلَـٰمِ ۚ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ ﴿٧﴾

61:7 Islomga da'vat qilinib turganida Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi? Holbuki, Alloh zolimlarni hidoyatga solmas.

يُرِيدُونَ لِيُطْفِـُٔوا۟ نُورَ ٱللَّهِ بِأَفْوَٰهِهِمْ وَٱللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَـٰفِرُونَ ﴿٨﴾

61:8 Og`izlari bilan Allohning nurini o`chirmoqchi bo`ladilar. Holbuki, Alloh, kofirlar yoqtirmasa ham, o`z nurini tugal etguvchidir.

هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُشْرِكُونَ ﴿٩﴾

61:9 U zot O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Garchi mushriklar yoqtirmasalar ham.

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ تِجَـٰرَةٍ تُنجِيكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ ﴿١٠﴾

61:10 Ey, iymon keltirganlar! Sizlarni alamli azobdan najot toptiruvchi tijoratga dalolat qilaymi?

تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُجَـٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِكُمْ وَأَنفُسِكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ ﴿١١﴾

61:11 Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirasizlar hamda Uning yo`lida molingiz va joningiz bilan jihod qilasizlar. Shundoq qilmoqlaringiz, agar bilsangizlar, o`zlaringiz uchun yaxshidir.

يَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَيُدْخِلْكُمْ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ وَمَسَـٰكِنَ طَيِّبَةً فِى جَنَّـٰتِ عَدْنٍ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ ﴿١٢﴾

61:12 Gunohlaringizni kechirur va sizlarni adn jannatidagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan bog`larga va yaxshi maskanlarga kiritur. Bu narsa siz uchun ulug` yutuqdir.

وَأُخْرَىٰ تُحِبُّونَهَا ۖ نَصْرٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَفَتْحٌ قَرِيبٌ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿١٣﴾

61:13 Va sizlar yaxshi ko`radigan boshqasi ham bor. Allohdan yordam va yaqin zafar. Va mo`minlarga bashorat ber.

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ كُونُوٓا۟ أَنصَارَ ٱللَّهِ كَمَا قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ لِلْحَوَارِيِّـۧنَ مَنْ أَنصَارِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ۖ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنصَارُ ٱللَّهِ ۖ فَـَٔامَنَت طَّآئِفَةٌ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَكَفَرَت طَّآئِفَةٌ ۖ فَأَيَّدْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ عَلَىٰ عَدُوِّهِمْ فَأَصْبَحُوا۟ ظَـٰهِرِينَ ﴿١٤﴾

61:14 Ey, iymon keltirganlar! Allohning yordamchilari bo`ling! Iyso ibn Maryam havoriylarga: «Kim Alloh uchun mening yordamchim(bo`ladi)?» deganida, havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz», dedilar. Bas, Bani Isroildan bir toifa iymon keltirdi va bir toifa kofir bo`ldi. Bas, Biz iymon keltirganlarni dushmanlari ustidan qo`llab-quvvatladik. Va ular g`olib bo`ldilar.

Oʻzingizni sinang

Oʻzingizni sinang →

Hear Surah As-Saf from all 90 reciters →