QuranQuiz bySALSABIL STUDIO
Open the appOpen app

سورة الشعراء

Ash-Shu'ara surasi oʻzbek tilida

227 oyat · 114 suradan 26-sura

🌐 Translation: Oʻzbekcha

Englishالعربية (بلا ترجمة)اردوBahasa IndonesiaBahasa MelayuTürkçeFrançaisDeutschEspañolPortuguêsItalianoNederlandsРусскийفارسیবাংলাहिन्दीSoomaaliKiswahiliHausaShqipBosanskiAzərbaycancaOʻzbekcha中文日本語한국어ภาษาไทยTiếng ViệtTagalogپښتوPolskiSvenskaNorskSuomiČeštinaRomânăБългарскиУкраїнськаעבריתதமிழ்മലയാളംతెలుగుमराठीગુજરાતીनेपालीසිංහලঅসমীয়াسنڌيدریKurdîދިވެހިئۇيغۇرچەአማርኛAfaan OromooYorùbáKinyarwandaBamanankanChiyaoTamaziɣtMëranawТоҷикӣҚазақшаТатарчаភាសាខ្មែរEnglish (Abdel Haleem)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

طسٓمٓ ﴿١﴾

26:1 To. Siyn. Miym.

تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُبِينِ ﴿٢﴾

26:2 Bular ochiq kitobning oyatlaridir.

لَعَلَّكَ بَـٰخِعٌ نَّفْسَكَ أَلَّا يَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ ﴿٣﴾

26:3 Ehtimol, (ular) mo`min bo`lmaganlari uchun sen o`zingni halok qilmoqchidirsan?!

إِن نَّشَأْ نُنَزِّلْ عَلَيْهِم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ءَايَةً فَظَلَّتْ أَعْنَـٰقُهُمْ لَهَا خَـٰضِعِينَ ﴿٤﴾

26:4 Agar xohlasak, ularga osmondan oyat-mo`'jiza nozil qilamiz. Bas, ularning bo`yinlari unga egilib qoladir.

وَمَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّنَ ٱلرَّحْمَـٰنِ مُحْدَثٍ إِلَّا كَانُوا۟ عَنْهُ مُعْرِضِينَ ﴿٥﴾

26:5 Ularga Rohmandan yangi eslatma kelibdiki, albatta, undan yuz o`girguvchi bo`lganlar.

فَقَدْ كَذَّبُوا۟ فَسَيَأْتِيهِمْ أَنۢبَـٰٓؤُا۟ مَا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ ﴿٦﴾

26:6 Bas, batahqiq, yolg`onga chiqardilar. Yaqinda ularga o`zlari istehzo qilgan narsaning xabari kelajakdir.

أَوَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَى ٱلْأَرْضِ كَمْ أَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍ كَرِيمٍ ﴿٧﴾

26:7 Ular yerga qaramaydilarmi?! Biz unda karamli juftlardan qanchalarini undirib qo`yibmiz.

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿٨﴾

26:8 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmaslar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿٩﴾

26:9 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

وَإِذْ نَادَىٰ رَبُّكَ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱئْتِ ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ ﴿١٠﴾

26:10 Robbing Musoga: «U zolim qavmga borgin.

قَوْمَ فِرْعَوْنَ ۚ أَلَا يَتَّقُونَ ﴿١١﴾

26:11 Fir'avn qavmiga. (Bizdan) qo`rqmaydilarmi?!» deb nido qilganini esla.

قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ ﴿١٢﴾

26:12 U: «Ey Robbim, ular meni yolg`onchi qilishlaridan qo`rqarman.

وَيَضِيقُ صَدْرِى وَلَا يَنطَلِقُ لِسَانِى فَأَرْسِلْ إِلَىٰ هَـٰرُونَ ﴿١٣﴾

26:13 Va dilim siqilishidan hamda tilim burro bo`lmay qolishidan. Bas, Horunni elchi qil.

وَلَهُمْ عَلَىَّ ذَنۢبٌ فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ ﴿١٤﴾

26:14 Mening zimmamda ular nazdida gunoh bor. Bas, meni o`ldirishlaridan xavfdaman», dedi.

قَالَ كَلَّا ۖ فَٱذْهَبَا بِـَٔايَـٰتِنَآ ۖ إِنَّا مَعَكُم مُّسْتَمِعُونَ ﴿١٥﴾

26:15 U zot: «Yo`q! Bas, ikkingiz Bizning oyat-mo`'jizalarimiz ila boringlar. Albatta, Biz ikkingiz bilan eshitguvchimiz.

فَأْتِيَا فِرْعَوْنَ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٦﴾

26:16 Bas, Fir'avnga boringlar va unga: «Biz Robbul olamiynning Payg`ambarlarimiz.

أَنْ أَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ﴿١٧﴾

26:17 Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor», deb aytinglar, dedi.

قَالَ أَلَمْ نُرَبِّكَ فِينَا وَلِيدًا وَلَبِثْتَ فِينَا مِنْ عُمُرِكَ سِنِينَ ﴿١٨﴾

26:18 U (Fir'avn): «Biz seni go`dakligingdan o`z ichimizda tarbiya qilmadikmi?! Umringning bir necha yilini bizning ichimizda o`tkazmadingmi?!

وَفَعَلْتَ فَعْلَتَكَ ٱلَّتِى فَعَلْتَ وَأَنتَ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ ﴿١٩﴾

26:19 Va nonko`rlardan bo`lib, qiladigan ishingni qilib qo`ymadingmi?!» dedi.

قَالَ فَعَلْتُهَآ إِذًا وَأَنَا۠ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ ﴿٢٠﴾

26:20 U (Muso): «O`sha ishni qilgan bo`lsam, bilmasdan qilganman.

فَفَرَرْتُ مِنكُمْ لَمَّا خِفْتُكُمْ فَوَهَبَ لِى رَبِّى حُكْمًا وَجَعَلَنِى مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿٢١﴾

26:21 Bas, sizlardan xavfsirab qochib ketdim. Keyin Alloh menga hikmat berdi va meni Payg`ambarlardan qildi.

وَتِلْكَ نِعْمَةٌ تَمُنُّهَا عَلَىَّ أَنْ عَبَّدتَّ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ﴿٢٢﴾

26:22 O`sha menga qilayotgan minnating Bani Isroilni qul qilib olganingdandir», dedi.

قَالَ فِرْعَوْنُ وَمَا رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٣﴾

26:23 Fir'avn: «Robbul olamiyn nima?» dedi.

قَالَ رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ ﴿٢٤﴾

26:24 U (Muso): «Agar anglamoqchi bo`lsangiz, U, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

قَالَ لِمَنْ حَوْلَهُۥٓ أَلَا تَسْتَمِعُونَ ﴿٢٥﴾

26:25 U (Fir'avn) atrofidagi kishilarga: «Eshitmayapsizlarmi?!» dedi.

قَالَ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ ﴿٢٦﴾

26:26 U: «Sizning Robbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning Robbidir», dedi.

قَالَ إِنَّ رَسُولَكُمُ ٱلَّذِىٓ أُرْسِلَ إِلَيْكُمْ لَمَجْنُونٌ ﴿٢٧﴾

26:27 U: «Albatta, sizga yuborilgan Payg`ambaringiz jinnidir», dedi.

قَالَ رَبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ ﴿٢٨﴾

26:28 U: «U zot, agar aql yuritsangiz, mashriqu mag`ribning va ular o`rtasidagi narsalarning Robbidir», dedi.

قَالَ لَئِنِ ٱتَّخَذْتَ إِلَـٰهًا غَيْرِى لَأَجْعَلَنَّكَ مِنَ ٱلْمَسْجُونِينَ ﴿٢٩﴾

26:29 U: «Agar mendan boshqani iloh qilib olsang, albatta, men seni zindonbandlardan qilurman», dedi.

قَالَ أَوَلَوْ جِئْتُكَ بِشَىْءٍ مُّبِينٍ ﴿٣٠﴾

26:30 U: «Agar men senga ochiq-oydin narsa keltirsam ham-a?» dedi.

قَالَ فَأْتِ بِهِۦٓ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ ﴿٣١﴾

26:31 U: «Agar rostgo`ylardan bo`lsang, keltir uni!» dedi.

فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ ﴿٣٢﴾

26:32 Bas, u (Muso) asosini tashladi. Banogoh u aniq ajdarga aylandi.

وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّـٰظِرِينَ ﴿٣٣﴾

26:33 Va qo`lini chiqardi. Banogoh u nazar qilguvchilarga oppoq ko`rindi.

قَالَ لِلْمَلَإِ حَوْلَهُۥٓ إِنَّ هَـٰذَا لَسَـٰحِرٌ عَلِيمٌ ﴿٣٤﴾

26:34 U (Fir'avn) atrofidagi a'yonlariga: «Albatta, bu o`ta bilimdon sehrgardir.

يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِۦ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ ﴿٣٥﴾

26:35 U o`z sehri bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqchi, nima deysizlar?» dedi.

قَالُوٓا۟ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَٱبْعَثْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَـٰشِرِينَ ﴿٣٦﴾

26:36 Ular: «Uni va akasini qo`yib turgin-da, shaharlarga to`plovchilarni yubor.

يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَحَّارٍ عَلِيمٍ ﴿٣٧﴾

26:37 Senga barcha o`ta bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar», dedilar.

فَجُمِعَ ٱلسَّحَرَةُ لِمِيقَـٰتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ ﴿٣٨﴾

26:38 Bas, sehrgarlar ma'lum kuni kelishilgan vaqtda jamlandilar.

وَقِيلَ لِلنَّاسِ هَلْ أَنتُم مُّجْتَمِعُونَ ﴿٣٩﴾

26:39 Va odamlarga: «Sizlar to`planib bo`ldingizmi?

لَعَلَّنَا نَتَّبِعُ ٱلسَّحَرَةَ إِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلْغَـٰلِبِينَ ﴿٤٠﴾

26:40 Ajab ermas, ustun kelsalar, sehrgarlarga ergashsak», deyildi.

فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالُوا۟ لِفِرْعَوْنَ أَئِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَـٰلِبِينَ ﴿٤١﴾

26:41 Sehrgarlar kelgan chog`larida Fir'avnga: «Agar biz g`olib kelguvchi bo`lsak, bizga, albatta, haq beriladimi?» dedilar.

قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ إِذًا لَّمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ ﴿٤٢﴾

26:42 U: «Ha! U holda siz, albatta, eng yaqinlarimdan bo`lasiz», dedi.

قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُوا۟ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ ﴿٤٣﴾

26:43 Muso ularga: «Siz tashlaydigan narsangizni tashlang», dedi.

فَأَلْقَوْا۟ حِبَالَهُمْ وَعِصِيَّهُمْ وَقَالُوا۟ بِعِزَّةِ فِرْعَوْنَ إِنَّا لَنَحْنُ ٱلْغَـٰلِبُونَ ﴿٤٤﴾

26:44 Bas, ular arqonlari va asolarini tashladilar va «Fir'avnning izzati bilan qasamki, albatta, biz g`oliblarmiz», dedilar.

فَأَلْقَىٰ مُوسَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ ﴿٤٥﴾

26:45 So`ngra Muso asosini tashlagan edi, birdan u ularning uydirmalarini yuta boshladi.

فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَـٰجِدِينَ ﴿٤٦﴾

26:46 Bas, sehrgarlar sajda qilgan hollarida yiqildilar.

قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٤٧﴾

26:47 Ular: «Robbul olamiynga iymon keltirdik.

رَبِّ مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ ﴿٤٨﴾

26:48 Muso va Horunning Robbiga», dedilar.

قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ فَلَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ۚ لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَـٰفٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ ﴿٤٩﴾

26:49 U: «Men sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingiz! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Endi tezda bilasiz, men, albatta, qo`l-oyog`ingizni qarama-qarshi tomonidan kesajakman va barchangizni osajakman», dedi.

قَالُوا۟ لَا ضَيْرَ ۖ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ ﴿٥٠﴾

26:50 Ular: «Zarari yo`q. Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.

إِنَّا نَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لَنَا رَبُّنَا خَطَـٰيَـٰنَآ أَن كُنَّآ أَوَّلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٥١﴾

26:51 Mo`minlarning avvalgisi bo`lganimiz uchun Robbimiz xatolarimizni kechirishidan umid qilamiz», dedilar.

۞ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِىٓ إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ ﴿٥٢﴾

26:52 Va Musoga: «Bandalarim bilan kechasi yo`lga chiq. Albatta, ta'qib etilursiz», deb vahiy yubordik.

فَأَرْسَلَ فِرْعَوْنُ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَـٰشِرِينَ ﴿٥٣﴾

26:53 Bas, Fir'avn shaharlarga to`plovchilar yubordi:

إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ لَشِرْذِمَةٌ قَلِيلُونَ ﴿٥٤﴾

26:54 «Shubhasiz, anavilar ozgina toifadirlar.

وَإِنَّهُمْ لَنَا لَغَآئِظُونَ ﴿٥٥﴾

26:55 Albatta, ular bizni g`azablantirguvchilardir.

وَإِنَّا لَجَمِيعٌ حَـٰذِرُونَ ﴿٥٦﴾

26:56 Albatta, biz hammamiz hushyormiz», deb.

فَأَخْرَجْنَـٰهُم مِّن جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ ﴿٥٧﴾

26:57 Bas, Biz ularni chiqardik, bog`-rog`lar va buloqlardan.

وَكُنُوزٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ ﴿٥٨﴾

26:58 Xazinalar va muhtaram maskandan.

كَذَٰلِكَ وَأَوْرَثْنَـٰهَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ﴿٥٩﴾

26:59 Ana shunday. O`sha(narsa)larni Bani Isroilga meros qilib berdik.

فَأَتْبَعُوهُم مُّشْرِقِينَ ﴿٦٠﴾

26:60 Bas, ularni quyosh chiqish paytida quvib yetdilar.

فَلَمَّا تَرَٰٓءَا ٱلْجَمْعَانِ قَالَ أَصْحَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِنَّا لَمُدْرَكُونَ ﴿٦١﴾

26:61 Ikki jamoat bir-birlarini ko`rgan chog`ida, Musoning odamlari: «Endi qo`lga tushdik», dedilar.

قَالَ كَلَّآ ۖ إِنَّ مَعِىَ رَبِّى سَيَهْدِينِ ﴿٦٢﴾

26:62 U (Muso): «Yo`q! Albatta, Robbim men bilan, U menga to`g`ri yo`lni ko`rsatur», dedi.

فَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْبَحْرَ ۖ فَٱنفَلَقَ فَكَانَ كُلُّ فِرْقٍ كَٱلطَّوْدِ ٱلْعَظِيمِ ﴿٦٣﴾

26:63 Bas, Biz Musoga: «Asoing bilan dengizni ur», deb vahiy qildik. Bas, u (dengiz) bo`linib, har bo`lagi ulkan tog`dek bo`ldi.

وَأَزْلَفْنَا ثَمَّ ٱلْـَٔاخَرِينَ ﴿٦٤﴾

26:64 Va keyin boshqalarni ham yaqinlashtirdik.

وَأَنجَيْنَا مُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ أَجْمَعِينَ ﴿٦٥﴾

26:65 Muso va unga ergashganlarga, hammalariga najot berdik.

ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ ﴿٦٦﴾

26:66 So`ngra boshqalarni g`arq qildik.

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿٦٧﴾

26:67 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿٦٨﴾

26:68 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ إِبْرَٰهِيمَ ﴿٦٩﴾

26:69 Va ularga Ibrohimning xabarini tilovat qilib ber.

إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا تَعْبُدُونَ ﴿٧٠﴾

26:70 O`shanda u otasi va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?» degan edi.

قَالُوا۟ نَعْبُدُ أَصْنَامًا فَنَظَلُّ لَهَا عَـٰكِفِينَ ﴿٧١﴾

26:71 Ular: «Sanamlarga ibodat qilmoqdamiz. Va ularga ixlos ila ibodat qilishda bardavom bo`lurmiz», dedilar.

قَالَ هَلْ يَسْمَعُونَكُمْ إِذْ تَدْعُونَ ﴿٧٢﴾

26:72 U: «Iltijo qilganingizda ular sizni eshitadilarmi?

أَوْ يَنفَعُونَكُمْ أَوْ يَضُرُّونَ ﴿٧٣﴾

26:73 Yoxud naf yoki zarar yetkaza oladilarmi?» dedi.

قَالُوا۟ بَلْ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا كَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ ﴿٧٤﴾

26:74 Ular: «Yo`q, biz ota-bobolarimizning shunday qilayotganlarini ko`rdik», dedilar.

قَالَ أَفَرَءَيْتُم مَّا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ ﴿٧٥﴾

26:75 U: «Nimaga ibodat qilayotganingizni bildingizmi?!

أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمُ ٱلْأَقْدَمُونَ ﴿٧٦﴾

26:76 Siz va qadimgi otalaringiz?!

فَإِنَّهُمْ عَدُوٌّ لِّىٓ إِلَّا رَبَّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٧٧﴾

26:77 Albatta, Robbul olamiyndan boshqa ularning barchasi menga dushmandir», dedi.

ٱلَّذِى خَلَقَنِى فَهُوَ يَهْدِينِ ﴿٧٨﴾

26:78 U meni yaratgan Zotdir. Bas, meni hidoyat qiladigan ham Uning O`zi.

وَٱلَّذِى هُوَ يُطْعِمُنِى وَيَسْقِينِ ﴿٧٩﴾

26:79 Va meni taomlantiradigan va sug`oradigan ham Uning O`zi.

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ ﴿٨٠﴾

26:80 Bemor bo`lganimda menga shifo beradigan ham Uning O`zi.

وَٱلَّذِى يُمِيتُنِى ثُمَّ يُحْيِينِ ﴿٨١﴾

26:81 Meni o`ldiradigan, so`ngra tiriltiradigan ham Uning O`zi.

وَٱلَّذِىٓ أَطْمَعُ أَن يَغْفِرَ لِى خَطِيٓـَٔتِى يَوْمَ ٱلدِّينِ ﴿٨٢﴾

26:82 Va mening xatoimni qiyomat kuni mag`firat qilishidan umidvor bo`lganim ham Uning O`zi.

رَبِّ هَبْ لِى حُكْمًا وَأَلْحِقْنِى بِٱلصَّـٰلِحِينَ ﴿٨٣﴾

26:83 Ey Robbim, menga hikmat hadya et va meni solihlarga qo`shgin.

وَٱجْعَل لِّى لِسَانَ صِدْقٍ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ ﴿٨٤﴾

26:84 Va menga keyin kelguvchilar ichida sodiq maqtovlar bo`ladigan qilgin.

وَٱجْعَلْنِى مِن وَرَثَةِ جَنَّةِ ٱلنَّعِيمِ ﴿٨٥﴾

26:85 Va meni na'iym jannati vorislaridan qilgin.

وَٱغْفِرْ لِأَبِىٓ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلضَّآلِّينَ ﴿٨٦﴾

26:86 Va otamni mag`firat qil. Albatta, u adashganlardan bo`ldi.

وَلَا تُخْزِنِى يَوْمَ يُبْعَثُونَ ﴿٨٧﴾

26:87 Va qayta tiriltiriladigan kunda meni sharmanda qilmagin.

يَوْمَ لَا يَنفَعُ مَالٌ وَلَا بَنُونَ ﴿٨٨﴾

26:88 U kunda na mol manfaat berar va na bolalar.

إِلَّا مَنْ أَتَى ٱللَّهَ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ ﴿٨٩﴾

26:89 Magar, kim Alloh huzuriga toza qalb ila kelsa, (manfaat topar).

وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ ﴿٩٠﴾

26:90 Va jannat taqvodorlarga yaqinlashtirildi.

وَبُرِّزَتِ ٱلْجَحِيمُ لِلْغَاوِينَ ﴿٩١﴾

26:91 Jahiym ig`voga uchganlarga zohir qilindi.

وَقِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَعْبُدُونَ ﴿٩٢﴾

26:92 Va ularga: «Ibodat qilib yurgan narsalaringiz qani?!

مِن دُونِ ٱللَّهِ هَلْ يَنصُرُونَكُمْ أَوْ يَنتَصِرُونَ ﴿٩٣﴾

26:93 Allohdan o`zga. Ular sizga yordam bera olurlarmi yoki o`zlarini qutqara olurlarmi?!» deyildi.

فَكُبْكِبُوا۟ فِيهَا هُمْ وَٱلْغَاوُۥنَ ﴿٩٤﴾

26:94 Bas, ular, ig`voga uchganlar unga yuztuban tashlandilar.

وَجُنُودُ إِبْلِيسَ أَجْمَعُونَ ﴿٩٥﴾

26:95 Va iblisning askarlari hammalari birgalikda.

قَالُوا۟ وَهُمْ فِيهَا يَخْتَصِمُونَ ﴿٩٦﴾

26:96 Ular uning ichida bir-birlari ila xusumat qilar ekanlar, dedilar:

تَٱللَّهِ إِن كُنَّا لَفِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ ﴿٩٧﴾

26:97 «Allohga qasamki, albatta, biz ochiq-oydin adashuvda ekanmiz.

إِذْ نُسَوِّيكُم بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٩٨﴾

26:98 Chunki, sizlarni Robbul olamiynga tenglashtirardik.

وَمَآ أَضَلَّنَآ إِلَّا ٱلْمُجْرِمُونَ ﴿٩٩﴾

26:99 Bizni faqat jinoyatchilar yo`ldan ozdirdilar.

فَمَا لَنَا مِن شَـٰفِعِينَ ﴿١٠٠﴾

26:100 Mana endi biz uchun shafoatchilar ham yo`q.

وَلَا صَدِيقٍ حَمِيمٍ ﴿١٠١﴾

26:101 Biron qadrdon do`st ham yo`q.

فَلَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿١٠٢﴾

26:102 Qani endi ortga qaytsagu mo`minlardan bo`lsak.»

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٠٣﴾

26:103 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٠٤﴾

26:104 Albatta, Robbing O`zi azizu mehribondir.

كَذَّبَتْ قَوْمُ نُوحٍ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿١٠٥﴾

26:105 Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.

إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ نُوحٌ أَلَا تَتَّقُونَ ﴿١٠٦﴾

26:106 O`shanda ularga birodarlari Nuh dedi: «Qo`rqmaysizmi?!

إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ ﴿١٠٧﴾

26:107 Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٠٨﴾

26:108 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٠٩﴾

26:109 Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiynning zimmasidadir.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١١٠﴾

26:110 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar».

۞ قَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ لَكَ وَٱتَّبَعَكَ ٱلْأَرْذَلُونَ ﴿١١١﴾

26:111 Ular: «Senga pastkashlar ergashib turgan holda, biz senga iymon keltirarmidik?!» dedilar.

قَالَ وَمَا عِلْمِى بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ﴿١١٢﴾

26:112 U dedi: «Mening ular nima qilayotganlari haqida ilmim yo`q.

إِنْ حِسَابُهُمْ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّى ۖ لَوْ تَشْعُرُونَ ﴿١١٣﴾

26:113 Agar sezsangiz, ularning hisobi faqat Allohning zimmasidadir.

وَمَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿١١٤﴾

26:114 Va men mo`minlarni haydab yuborguvchi emasman.

إِنْ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ ﴿١١٥﴾

26:115 Men faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos».

قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَـٰنُوحُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمَرْجُومِينَ ﴿١١٦﴾

26:116 Ular: «Ey Nuh, agar to`xtamasang, albatta, toshbo`ron qilinganlardan bo`lasan», dedilar.

قَالَ رَبِّ إِنَّ قَوْمِى كَذَّبُونِ ﴿١١٧﴾

26:117 U: «Ey Robbim, shubhasiz, qavmim meni yolg`onchi qildilar.

فَٱفْتَحْ بَيْنِى وَبَيْنَهُمْ فَتْحًا وَنَجِّنِى وَمَن مَّعِىَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿١١٨﴾

26:118 Bas, O`zing men bilan ularning oramizni yaxshilab ochgin va menga hamda men bilan birga bo`lgan mo`minlarga najot bergin», dedi.

فَأَنجَيْنَـٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ ﴿١١٩﴾

26:119 Bas, Biz unga va u bilan birga bo`lganlarga to`lgan kemada najot berdik.

ثُمَّ أَغْرَقْنَا بَعْدُ ٱلْبَاقِينَ ﴿١٢٠﴾

26:120 So`ngra, qolganlarni g`arq qildik.

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٢١﴾

26:121 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٢٢﴾

26:122 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

كَذَّبَتْ عَادٌ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿١٢٣﴾

26:123 Od qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.

إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ هُودٌ أَلَا تَتَّقُونَ ﴿١٢٤﴾

26:124 O`shanda ularga birodarlari Hud dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!

إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ ﴿١٢٥﴾

26:125 Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٢٦﴾

26:126 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٢٧﴾

26:127 Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

أَتَبْنُونَ بِكُلِّ رِيعٍ ءَايَةً تَعْبَثُونَ ﴿١٢٨﴾

26:128 Har tepalikka bir belgi bo`ladigan bino qurib, behuda o`yin qilaverasizmi?

وَتَتَّخِذُونَ مَصَانِعَ لَعَلَّكُمْ تَخْلُدُونَ ﴿١٢٩﴾

26:129 Va xuddi mangu turajakdek «masna'lar» tutasiz.

وَإِذَا بَطَشْتُم بَطَشْتُمْ جَبَّارِينَ ﴿١٣٠﴾

26:130 Tutganingizda o`ta jabrchi bo`lib tutdingiz.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٣١﴾

26:131 Bas, Allohdan qo`rqing va menga itoat qiling.

وَٱتَّقُوا۟ ٱلَّذِىٓ أَمَدَّكُم بِمَا تَعْلَمُونَ ﴿١٣٢﴾

26:132 Sizga o`zingiz bilgan narsa ila madad bergan Zotdan qo`rqing.

أَمَدَّكُم بِأَنْعَـٰمٍ وَبَنِينَ ﴿١٣٣﴾

26:133 U sizlarga chorva hayvonlari va farzandlar ila madad berdi.

وَجَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ ﴿١٣٤﴾

26:134 Bog`-rog`lar va buloqlar ila.

إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ ﴿١٣٥﴾

26:135 Men, albatta, sizga ulug` kunning azobi kelishidan qo`rqaman».

قَالُوا۟ سَوَآءٌ عَلَيْنَآ أَوَعَظْتَ أَمْ لَمْ تَكُن مِّنَ ٱلْوَٰعِظِينَ ﴿١٣٦﴾

26:136 Ular: «Biz uchun va'z qilsang ham yoki va'z qilguvchilardan bo`lmasang ham — bari bir.

إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا خُلُقُ ٱلْأَوَّلِينَ ﴿١٣٧﴾

26:137 Bu eskilarning odati, xolos.

وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ ﴿١٣٨﴾

26:138 Biz azoblanguvchi emasmiz», dedilar.

فَكَذَّبُوهُ فَأَهْلَكْنَـٰهُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٣٩﴾

26:139 Ular u(Hud)ni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٤٠﴾

26:140 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

كَذَّبَتْ ثَمُودُ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿١٤١﴾

26:141 Samud (qavmi) Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.

إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ صَـٰلِحٌ أَلَا تَتَّقُونَ ﴿١٤٢﴾

26:142 O`shanda ularga birodarlari Solih dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!

إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ ﴿١٤٣﴾

26:143 Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٤٤﴾

26:144 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٤٥﴾

26:145 Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramayman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

أَتُتْرَكُونَ فِى مَا هَـٰهُنَآ ءَامِنِينَ ﴿١٤٦﴾

26:146 Siz bu joydagi narsalarda omon holda tark qilinasizmi?!

فِى جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ ﴿١٤٧﴾

26:147 Bog`-rog`larda, buloqlarda?!

وَزُرُوعٍ وَنَخْلٍ طَلْعُهَا هَضِيمٌ ﴿١٤٨﴾

26:148 Ekinzorlaru mayin xurmozor ichlarida-ya?!

وَتَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا فَـٰرِهِينَ ﴿١٤٩﴾

26:149 Va tog`lardan manmanlik-la uylar yo`naverasizmi?!

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٥٠﴾

26:150 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَلَا تُطِيعُوٓا۟ أَمْرَ ٱلْمُسْرِفِينَ ﴿١٥١﴾

26:151 Va yer yuzida isrofchilarning ishiga itoat qilmanglar.

ٱلَّذِينَ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ ﴿١٥٢﴾

26:152 Yer yuzida buzg`unchilik qiladigan, isloh etmaydiganlarning».

قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ ﴿١٥٣﴾

26:153 Ular: «Sen, albatta, sehrlanganlardandirsan.

مَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا فَأْتِ بِـَٔايَةٍ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ ﴿١٥٤﴾

26:154 Sen bizga o`xshagan bashardan boshqa hech narsa emassan. Agar rostgo`ylardan bo`lsang, mo`'jiza keltir», dedilar.

قَالَ هَـٰذِهِۦ نَاقَةٌ لَّهَا شِرْبٌ وَلَكُمْ شِرْبُ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ ﴿١٥٥﴾

26:155 U: «Mana bu tuya. Unga (bir kun) suv ichish va sizga ma'lum bir kun suv ichish.

وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَظِيمٍ ﴿١٥٦﴾

26:156 Va unga yomonlik yetkazmanglar, unda, sizni ulug` kunning azobi tutadir», dedi.

فَعَقَرُوهَا فَأَصْبَحُوا۟ نَـٰدِمِينَ ﴿١٥٧﴾

26:157 Bas, u(tuya)ni so`ydilaru nadomat chekuvchiga aylandilar.

فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٥٨﴾

26:158 Bas, ularni azob tutdi. Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٥٩﴾

26:159 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿١٦٠﴾

26:160 Lut qavmi Payg`ambarlarni yolg`onchi qildi.

إِذْ قَالَ لَهُمْ أَخُوهُمْ لُوطٌ أَلَا تَتَّقُونَ ﴿١٦١﴾

26:161 O`shanda ularga birodarlari Lut dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!

إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ ﴿١٦٢﴾

26:162 Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٦٣﴾

26:163 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٦٤﴾

26:164 Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

أَتَأْتُونَ ٱلذُّكْرَانَ مِنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٦٥﴾

26:165 Olamlar ichidan erkaklarga borasizmi?!

وَتَذَرُونَ مَا خَلَقَ لَكُمْ رَبُّكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ عَادُونَ ﴿١٦٦﴾

26:166 Va Robbingiz siz uchun yaratgan jufti halollaringizni tark qilasizmi?! Yo`q!!! Siz haddan oshgan qavmsiz.

قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ تَنتَهِ يَـٰلُوطُ لَتَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُخْرَجِينَ ﴿١٦٧﴾

26:167 Ular: «Ey Lut, agar to`xtamasang, albatta, haydab chiqarilganlardan bo`lasan!» dedilar.

قَالَ إِنِّى لِعَمَلِكُم مِّنَ ٱلْقَالِينَ ﴿١٦٨﴾

26:168 U: «Albatta, men bu ishingizni o`ta yomon ko`rguvchilardanman.

رَبِّ نَجِّنِى وَأَهْلِى مِمَّا يَعْمَلُونَ ﴿١٦٩﴾

26:169 Ey Robbim, menga va ahlimga qilayotgan narsalaridan najot bergin!» dedi.

فَنَجَّيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ ﴿١٧٠﴾

26:170 Bas, unga va ahliga, hammalariga najot berdik.

إِلَّا عَجُوزًا فِى ٱلْغَـٰبِرِينَ ﴿١٧١﴾

26:171 Magar (azobda) qolguvchilardan bo`lgan bir kampirga (najot bermadik).

ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ ﴿١٧٢﴾

26:172 So`ngra qolganlarini yer bilan yakson qildik.

وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ ﴿١٧٣﴾

26:173 Va ularning ustiga bir yomg`ir yog`dirdikki, bas, ogohlantirilganlarning yomg`iri qandoq ham yomon bo`ldi.

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٧٤﴾

26:174 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٧٥﴾

26:175 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

كَذَّبَ أَصْحَـٰبُ لْـَٔيْكَةِ ٱلْمُرْسَلِينَ ﴿١٧٦﴾

26:176 Qalin daraxtzor egalari Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar.

إِذْ قَالَ لَهُمْ شُعَيْبٌ أَلَا تَتَّقُونَ ﴿١٧٧﴾

26:177 O`shanda ularga Shu'ayb dedi: «Qo`rqmaysizlarmi?!

إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ ﴿١٧٨﴾

26:178 Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.

فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ ﴿١٧٩﴾

26:179 Bas, Allohdan qo`rqinglar va menga itoat qilinglar.

وَمَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَىٰ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٨٠﴾

26:180 Men sizlardan buning uchun haq — ajr so`ramasman. Mening ajrim faqatgina Robbul olamiyn zimmasidadir.

۞ أَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُخْسِرِينَ ﴿١٨١﴾

26:181 Bas, o`lchovni to`liq o`lchanglar va kamaytirguvchilardan bo`lmanglar.

وَزِنُوا۟ بِٱلْقِسْطَاسِ ٱلْمُسْتَقِيمِ ﴿١٨٢﴾

26:182 Va to`g`ri tarozi ila torting.

وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ ﴿١٨٣﴾

26:183 Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzg`unchiliklar qilmang.

وَٱتَّقُوا۟ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلْجِبِلَّةَ ٱلْأَوَّلِينَ ﴿١٨٤﴾

26:184 Sizni va avvalgi nasllarni yaratgan Zotdan qo`rqing».

قَالُوٓا۟ إِنَّمَآ أَنتَ مِنَ ٱلْمُسَحَّرِينَ ﴿١٨٥﴾

26:185 Ular: «Albatta, sen sehrlanganlardansan.

وَمَآ أَنتَ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُنَا وَإِن نَّظُنُّكَ لَمِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ ﴿١٨٦﴾

26:186 Va sen bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassan. Biz seni, albatta, yolg`onchilardan, deb bilamiz.

فَأَسْقِطْ عَلَيْنَا كِسَفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ ﴿١٨٧﴾

26:187 Agar rostgo`ylardan bo`lsang, ustimizdan osmonning bir bo`lagini tashlavor», dedilar.

قَالَ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ ﴿١٨٨﴾

26:188 U : «Robbim qilayotgan ishingizni o`ta yaxshi bilguvchidir», dedi.

فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمْ عَذَابُ يَوْمِ ٱلظُّلَّةِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ ﴿١٨٩﴾

26:189 Bas, ular u(Shu'ayb)ni yolg`onchi qildilar. Bas, ularni «soyabon» kuni azobi tutdi. Albatta, u ulug` kunning azobi edi.

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً ۖ وَمَا كَانَ أَكْثَرُهُم مُّؤْمِنِينَ ﴿١٩٠﴾

26:190 Albatta, bunda oyat-belgi bor. Lekin ko`plari mo`min bo`lmadilar.

وَإِنَّ رَبَّكَ لَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ ﴿١٩١﴾

26:191 Albatta, Robbing O`zi aziyzu mehribondir.

وَإِنَّهُۥ لَتَنزِيلُ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿١٩٢﴾

26:192 Albatta, u(Qur'on) Robbul olamiynning tushirganidir.

نَزَلَ بِهِ ٱلرُّوحُ ٱلْأَمِينُ ﴿١٩٣﴾

26:193 Uni Ruhul Amiyn olib tushdi.

عَلَىٰ قَلْبِكَ لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ ﴿١٩٤﴾

26:194 Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan bo`lishing uchun.

بِلِسَانٍ عَرَبِىٍّ مُّبِينٍ ﴿١٩٥﴾

26:195 Ochiq-oydin arab tilida.

وَإِنَّهُۥ لَفِى زُبُرِ ٱلْأَوَّلِينَ ﴿١٩٦﴾

26:196 Albatta, u(Qur'on) avvalgilarning kitoblarida ham bordir.

أَوَلَمْ يَكُن لَّهُمْ ءَايَةً أَن يَعْلَمَهُۥ عُلَمَـٰٓؤُا۟ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ﴿١٩٧﴾

26:197 Uni Bani Isroil ulamolarining bilishlari ular uchun dalil emasmi?!

وَلَوْ نَزَّلْنَـٰهُ عَلَىٰ بَعْضِ ٱلْأَعْجَمِينَ ﴿١٩٨﴾

26:198 Agar Biz uni ba'zi ajamiylarga nozil qilsak.

فَقَرَأَهُۥ عَلَيْهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ مُؤْمِنِينَ ﴿١٩٩﴾

26:199 Bas, u ularga uni o`qib bersa ham, unga mo`min bo`lmas edilar.

كَذَٰلِكَ سَلَكْنَـٰهُ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ ﴿٢٠٠﴾

26:200 Biz u(Qur'on)ni jinoyatchilar qalblariga ana shunday yo`lladik.

لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ ﴿٢٠١﴾

26:201 Ular unga to alamli azobni ko`rmagunlaricha iymon keltirmaslar.

فَيَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ ﴿٢٠٢﴾

26:202 Bas, ularga u(azob) to`satdan kelur. Ular sezmay qolurlar.

فَيَقُولُوا۟ هَلْ نَحْنُ مُنظَرُونَ ﴿٢٠٣﴾

26:203 Shunda ular: «Bizga muhlat berilarmikan?!» deydilar.

أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ ﴿٢٠٤﴾

26:204 Bizning azobimizning tezroq kelishini istaydilarmi-ya?!

أَفَرَءَيْتَ إِن مَّتَّعْنَـٰهُمْ سِنِينَ ﴿٢٠٥﴾

26:205 Aytging-chi, agar Biz ularni yillarcha huzurlantirsak-da.

ثُمَّ جَآءَهُم مَّا كَانُوا۟ يُوعَدُونَ ﴿٢٠٦﴾

26:206 So`ngra ularga va'da qilingan narsa kelsa.

مَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يُمَتَّعُونَ ﴿٢٠٧﴾

26:207 O`sha huzurlanib yurgan narsalari nimaga asqotur?!

وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا لَهَا مُنذِرُونَ ﴿٢٠٨﴾

26:208 Biz biron shahar-qishloqni halok qilgan bo`lsak, albatta, uning ogohlantirguvchilari bo`lgan.

ذِكْرَىٰ وَمَا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ ﴿٢٠٩﴾

26:209 Eslatma bo`lishi uchundir. Biz zulm qilguvchi bo`lmagandik.

وَمَا تَنَزَّلَتْ بِهِ ٱلشَّيَـٰطِينُ ﴿٢١٠﴾

26:210 U(Qur'on)ni shaytonlar olib tushganlari yo`q.

وَمَا يَنۢبَغِى لَهُمْ وَمَا يَسْتَطِيعُونَ ﴿٢١١﴾

26:211 Bunga ularning imkonlari yo`q va unga qodir ham emaslar.

إِنَّهُمْ عَنِ ٱلسَّمْعِ لَمَعْزُولُونَ ﴿٢١٢﴾

26:212 Albatta, ular eshitishdan chetlatilgandirlar.

فَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ فَتَكُونَ مِنَ ٱلْمُعَذَّبِينَ ﴿٢١٣﴾

26:213 Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilma. Yo`qsa, azoblanganlardan bo`lasan.

وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ ٱلْأَقْرَبِينَ ﴿٢١٤﴾

26:214 Va yaqin qarindoshlaringni ogohlantir.

وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ﴿٢١٥﴾

26:215 Va senga ergashgan mo`minlarga qanotingni pastlat.

فَإِنْ عَصَوْكَ فَقُلْ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تَعْمَلُونَ ﴿٢١٦﴾

26:216 Bas, agar ular senga isyon qilsalar: «Men siz qilayotgan amallardan bezorman», degin.

وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْعَزِيزِ ٱلرَّحِيمِ ﴿٢١٧﴾

26:217 Va aziyz va mehribon Zotga tavakkal qil:

ٱلَّذِى يَرَىٰكَ حِينَ تَقُومُ ﴿٢١٨﴾

26:218 Seni qoim bo`lganingda ko`radigan.

وَتَقَلُّبَكَ فِى ٱلسَّـٰجِدِينَ ﴿٢١٩﴾

26:219 Va sajda qilguvchilar ichida harakatlanishingni (ko`radigan) Zotga.

إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ ﴿٢٢٠﴾

26:220 Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.

هَلْ أُنَبِّئُكُمْ عَلَىٰ مَن تَنَزَّلُ ٱلشَّيَـٰطِينُ ﴿٢٢١﴾

26:221 Sizlarga shaytonlar kimga tushishini aytib beraymi?

تَنَزَّلُ عَلَىٰ كُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ ﴿٢٢٢﴾

26:222 Ular o`ta uydirmachi va o`ta gunohkorlarga tushurlar.

يُلْقُونَ ٱلسَّمْعَ وَأَكْثَرُهُمْ كَـٰذِبُونَ ﴿٢٢٣﴾

26:223 Ular (shaytonlarga) quloq osarlar. Va ularning ko`plari yolg`onchilardir.

وَٱلشُّعَرَآءُ يَتَّبِعُهُمُ ٱلْغَاوُۥنَ ﴿٢٢٤﴾

26:224 Va shoirlarga gumrohlar ergashur.

أَلَمْ تَرَ أَنَّهُمْ فِى كُلِّ وَادٍ يَهِيمُونَ ﴿٢٢٥﴾

26:225 Ularning har vodiyda daydishini.

وَأَنَّهُمْ يَقُولُونَ مَا لَا يَفْعَلُونَ ﴿٢٢٦﴾

26:226 Va o`zlari qilmaydigan ishlarni aytishini ko`rmadingmi?

إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَذَكَرُوا۟ ٱللَّهَ كَثِيرًا وَٱنتَصَرُوا۟ مِنۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُوا۟ ۗ وَسَيَعْلَمُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَىَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ ﴿٢٢٧﴾

26:227 Magar, iymon keltirib, solih amallar qilganlar, Allohni ko`p zikr etganlar va mazlum bo`lganlaridan keyin nusrat qozonganlar (unday emaslar). Zulm qilganlar esa, tezda qaysi ag`darilish joyiga ag`darilishlarini bilurlar.

Oʻzingizni sinang

Oʻzingizni sinang →

Hear Surah Ash-Shu'ara from all 90 reciters →