QuranQuiz bySALSABIL STUDIO
Open the appOpen app

سورة القمر

Al-Qamar surasi oʻzbek tilida

55 oyat · 114 suradan 54-sura

🌐 Translation: Oʻzbekcha

Englishالعربية (بلا ترجمة)اردوBahasa IndonesiaBahasa MelayuTürkçeFrançaisDeutschEspañolPortuguêsItalianoNederlandsРусскийفارسیবাংলাहिन्दीSoomaaliKiswahiliHausaShqipBosanskiAzərbaycancaOʻzbekcha中文日本語한국어ภาษาไทยTiếng ViệtTagalogپښتوPolskiSvenskaNorskSuomiČeštinaRomânăБългарскиУкраїнськаעבריתதமிழ்മലയാളംతెలుగుमराठीગુજરાતીनेपालीසිංහලঅসমীয়াسنڌيدریKurdîދިވެހިئۇيغۇرچەአማርኛAfaan OromooYorùbáKinyarwandaBamanankanChiyaoTamaziɣtMëranawТоҷикӣҚазақшаТатарчаភាសាខ្មែរEnglish (Abdel Haleem)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

ٱقْتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَٱنشَقَّ ٱلْقَمَرُ ﴿١﴾

54:1 Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy bo`lindi.

وَإِن يَرَوْا۟ ءَايَةً يُعْرِضُوا۟ وَيَقُولُوا۟ سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ ﴿٢﴾

54:2 Agar bir oyat(mo`'jiza)ni ko`rsalar, yuz o`girarlar va: «Bu — o`tkinchi sehr», derlar.

وَكَذَّبُوا۟ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍ مُّسْتَقِرٌّ ﴿٣﴾

54:3 Va yolg`onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o`z o`rnini topuvchidir.

وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّنَ ٱلْأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ ﴿٤﴾

54:4 Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.

حِكْمَةٌۢ بَـٰلِغَةٌ ۖ فَمَا تُغْنِ ٱلنُّذُرُ ﴿٥﴾

54:5 Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi.

فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَىْءٍ نُّكُرٍ ﴿٦﴾

54:6 Bas, Ulardan yuz o`gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.

خُشَّعًا أَبْصَـٰرُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُّنتَشِرٌ ﴿٧﴾

54:7 Qabrlardan, ko`zlari qo`rqinchga to`lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o`xshab chiqib kelurlar.

مُّهْطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ ﴿٨﴾

54:8 Chaqiruvchiga qarab bo`yinlarini cho`zib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.

۞ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا۟ عَبْدَنَا وَقَالُوا۟ مَجْنُونٌ وَٱزْدُجِرَ ﴿٩﴾

54:9 Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg`onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg`onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to`siqlar qo`yishdi.

فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَغْلُوبٌ فَٱنتَصِرْ ﴿١٠﴾

54:10 Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men mag`lub bo`ldim, yordam ber», dedi.

فَفَتَحْنَآ أَبْوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءٍ مُّنْهَمِرٍ ﴿١١﴾

54:11 Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.

وَفَجَّرْنَا ٱلْأَرْضَ عُيُونًا فَٱلْتَقَى ٱلْمَآءُ عَلَىٰٓ أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ ﴿١٢﴾

54:12 Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.

وَحَمَلْنَـٰهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلْوَٰحٍ وَدُسُرٍ ﴿١٣﴾

54:13 Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga ko`tardik.

تَجْرِى بِأَعْيُنِنَا جَزَآءً لِّمَن كَانَ كُفِرَ ﴿١٤﴾

54:14 U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo`lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.

وَلَقَد تَّرَكْنَـٰهَآ ءَايَةً فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿١٥﴾

54:15 Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!

فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿١٦﴾

54:16 Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿١٧﴾

54:17 Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿١٨﴾

54:18 Od (Hudni) yolg`onchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?

إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِى يَوْمِ نَحْسٍ مُّسْتَمِرٍّ ﴿١٩﴾

54:19 Biz davomli mash'um kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik.

تَنزِعُ ٱلنَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ مُّنقَعِرٍ ﴿٢٠﴾

54:20 U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qo`porib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi.

فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٢١﴾

54:21 Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٢٢﴾

54:22 Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ ﴿٢٣﴾

54:23 Samud ogohlantiruvchilarni yolg`onga chiqardi.

فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرًا مِّنَّا وَٰحِدًا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّفِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ ﴿٢٤﴾

54:24 Ular: «Biz o`zimizdan bo`lgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bo`lsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bo`lamiz.

أَءُلْقِىَ ٱلذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنۢ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ ﴿٢٥﴾

54:25 Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yo`q, u yolg`onchi va kekkaygandir», dedilar.

سَيَعْلَمُونَ غَدًا مَّنِ ٱلْكَذَّابُ ٱلْأَشِرُ ﴿٢٦﴾

54:26 Ertaga kim yolg`onchi va kekkaygan ekanini bilurlar.

إِنَّا مُرْسِلُوا۟ ٱلنَّاقَةِ فِتْنَةً لَّهُمْ فَٱرْتَقِبْهُمْ وَٱصْطَبِرْ ﴿٢٧﴾

54:27 Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.

وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ ٱلْمَآءَ قِسْمَةٌۢ بَيْنَهُمْ ۖ كُلُّ شِرْبٍ مُّحْتَضَرٌ ﴿٢٨﴾

54:28 Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (o`z vaqtida) hozir bo`linar.

فَنَادَوْا۟ صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ ﴿٢٩﴾

54:29 Bas, ular o`z sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va so`yib yubordi.

فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٠﴾

54:30 Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!

إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَكَانُوا۟ كَهَشِيمِ ٱلْمُحْتَظِرِ ﴿٣١﴾

54:31 Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qo`ra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga o`xshab qoldilar.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٣٢﴾

54:32 Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍۭ بِٱلنُّذُرِ ﴿٣٣﴾

54:33 Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolg`onchiga chiqardi.

إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ ۖ نَّجَّيْنَـٰهُم بِسَحَرٍ ﴿٣٤﴾

54:34 Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) bo`ron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chog`i najot berdik.

نِّعْمَةً مِّنْ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى مَن شَكَرَ ﴿٣٥﴾

54:35 Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo`ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.

وَلَقَدْ أَنذَرَهُم بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا۟ بِٱلنُّذُرِ ﴿٣٦﴾

54:36 Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.

وَلَقَدْ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِۦ فَطَمَسْنَآ أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٧﴾

54:37 Ular undan mehmonlarini topshirishni so`radilar. Bas, ko`zlarini ko`r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko`rsinlar.

وَلَقَدْ صَبَّحَهُم بُكْرَةً عَذَابٌ مُّسْتَقِرٌّ ﴿٣٨﴾

54:38 Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.

فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ ﴿٣٩﴾

54:39 Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni totib ko`ringlar!

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٤٠﴾

54:40 Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!

وَلَقَدْ جَآءَ ءَالَ فِرْعَوْنَ ٱلنُّذُرُ ﴿٤١﴾

54:41 Darhaqiqat, Fir'avn ahliga ogohlantirishlar keldi.

كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَـٰهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُّقْتَدِرٍ ﴿٤٢﴾

54:42 Bizning oyatlarimizning barchasini yolg`onga chiqarishdi. Bas, Biz ularni g`olib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.

أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِّنْ أُو۟لَـٰٓئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَآءَةٌ فِى ٱلزُّبُرِ ﴿٤٣﴾

54:43 Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!

أَمْ يَقُولُونَ نَحْنُ جَمِيعٌ مُّنتَصِرٌ ﴿٤٤﴾

54:44 Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishar?!

سَيُهْزَمُ ٱلْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ ٱلدُّبُرَ ﴿٤٥﴾

54:45 U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.

بَلِ ٱلسَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَٱلسَّاعَةُ أَدْهَىٰ وَأَمَرُّ ﴿٤٦﴾

54:46 Ha, ularga va'da qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.

إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ ﴿٤٧﴾

54:47 Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.

يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِى ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا۟ مَسَّ سَقَرَ ﴿٤٨﴾

54:48 Yuztuban do`zaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib ko`ring, (deyilur).

إِنَّا كُلَّ شَىْءٍ خَلَقْنَـٰهُ بِقَدَرٍ ﴿٤٩﴾

54:49 Albatta, Biz har narsani o`lchov bilan yaratdik.

وَمَآ أَمْرُنَآ إِلَّا وَٰحِدَةٌ كَلَمْحٍۭ بِٱلْبَصَرِ ﴿٥٠﴾

54:50 Bizning farmonimiz bir so`zdan o`zga emas. Ko`z yumib ochguncha bo`lur.

وَلَقَدْ أَهْلَكْنَآ أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ ﴿٥١﴾

54:51 Darhaqiqat, Biz sizga o`xshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, o`zi?!

وَكُلُّ شَىْءٍ فَعَلُوهُ فِى ٱلزُّبُرِ ﴿٥٢﴾

54:52 Va ularning har bir ishlari kitoblardadir.

وَكُلُّ صَغِيرٍ وَكَبِيرٍ مُّسْتَطَرٌ ﴿٥٣﴾

54:53 Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.

إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَنَهَرٍ ﴿٥٤﴾

54:54 Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlardadirlar.

فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍ مُّقْتَدِرٍۭ ﴿٥٥﴾

54:55 Sidq o`rindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.

Oʻzingizni sinang

Oʻzingizni sinang →

Hear Surah Al-Qamar from all 90 reciters →