بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
ٱقْرَأْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلَّذِى خَلَقَ ﴿١﴾
96:1 Yaratgan Robbing nomi bilan o`qi.
خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِنْ عَلَقٍ ﴿٢﴾
96:2 U insonni alaqdan yaratdi.
ٱقْرَأْ وَرَبُّكَ ٱلْأَكْرَمُ ﴿٣﴾
96:3 O`qi! Robbing Karamlilarning karamlisidir.
ٱلَّذِى عَلَّمَ بِٱلْقَلَمِ ﴿٤﴾
96:4 U, qalam bilan ilm o`rgatgandir.
عَلَّمَ ٱلْإِنسَـٰنَ مَا لَمْ يَعْلَمْ ﴿٥﴾
96:5 U, insonga bilmagan narsasini o`rgatdi.
كَلَّآ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَيَطْغَىٰٓ ﴿٦﴾
96:6 Yo`q! Inson, albatta, tug`yonga ketur.
أَن رَّءَاهُ ٱسْتَغْنَىٰٓ ﴿٧﴾
96:7 Gar o`zini boy ko`rsa.
إِنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلرُّجْعَىٰٓ ﴿٨﴾
96:8 Albatta, qaytib borish Robbinggadir.
أَرَءَيْتَ ٱلَّذِى يَنْهَىٰ ﴿٩﴾
96:9 Qaytarganni ko`rdingmi?!
عَبْدًا إِذَا صَلَّىٰٓ ﴿١٠﴾
96:10 Bandani namoz o`qiyotganida?!
أَرَءَيْتَ إِن كَانَ عَلَى ٱلْهُدَىٰٓ ﴿١١﴾
96:11 Ayting-chi, agar o`sha hidoyatda bo`lsa.
أَوْ أَمَرَ بِٱلتَّقْوَىٰٓ ﴿١٢﴾
96:12 Yoki taqvoga chaqirsa.
أَرَءَيْتَ إِن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰٓ ﴿١٣﴾
96:13 Ayting-chi, agar u yolg`onga chiqarsa va yuz o`girsa.
أَلَمْ يَعْلَم بِأَنَّ ٱللَّهَ يَرَىٰ ﴿١٤﴾
96:14 Alloh uni ko`rib turishini bilmasmi?
كَلَّا لَئِن لَّمْ يَنتَهِ لَنَسْفَعًۢا بِٱلنَّاصِيَةِ ﴿١٥﴾
96:15 Yo`q! Agar qaytmasa, peshonasidan shiddat-la tutamiz!
نَاصِيَةٍ كَـٰذِبَةٍ خَاطِئَةٍ ﴿١٦﴾
96:16 Yolg`onchi, xatokor peshonasidan!
فَلْيَدْعُ نَادِيَهُۥ ﴿١٧﴾
96:17 Bas, u o`z to`pini chaqirsin.
سَنَدْعُ ٱلزَّبَانِيَةَ ﴿١٨﴾
96:18 Biz ham zaboniyalarni chaqirurmiz.
كَلَّا لَا تُطِعْهُ وَٱسْجُدْ وَٱقْتَرِب ۩ ﴿١٩﴾
96:19 Yo`q! Sen unga itoat qilma! Sajda qil va qurbat hosil qil.