بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
وَٱلشَّمْسِ وَضُحَىٰهَا ﴿١﴾
91:1 Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.
وَٱلْقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا ﴿٢﴾
91:2 Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.
وَٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا ﴿٣﴾
91:3 Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam.
وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰهَا ﴿٤﴾
91:4 Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.
وَٱلسَّمَآءِ وَمَا بَنَىٰهَا ﴿٥﴾
91:5 Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.
وَٱلْأَرْضِ وَمَا طَحَىٰهَا ﴿٦﴾
91:6 Va yer bilan va uning to`shalishi bilan qasam.
وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّىٰهَا ﴿٧﴾
91:7 Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.
فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا ﴿٨﴾
91:8 Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.
قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّىٰهَا ﴿٩﴾
91:9 Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.
وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا ﴿١٠﴾
91:10 Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid bo`ldi.
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَىٰهَآ ﴿١١﴾
91:11 Samud qavmi o`z tug`yoni ila yolg`onga chiqardi.
إِذِ ٱنۢبَعَثَ أَشْقَىٰهَا ﴿١٢﴾
91:12 Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.
فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ نَاقَةَ ٱللَّهِ وَسُقْيَـٰهَا ﴿١٣﴾
91:13 Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.
فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُم بِذَنۢبِهِمْ فَسَوَّىٰهَا ﴿١٤﴾
91:14 Bas, (uni) yolg`onchiga chiqarishdi va (tuyani) so`yishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yo`q qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.
وَلَا يَخَافُ عُقْبَـٰهَا ﴿١٥﴾
91:15 Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qo`rqmas.