بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
لَآ أُقْسِمُ بِهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ ﴿١﴾
90:1 Mana shu shahar bilan qasam.
وَأَنتَ حِلٌّۢ بِهَـٰذَا ٱلْبَلَدِ ﴿٢﴾
90:2 Sen muqim turgan bu shahar-la.
وَوَالِدٍ وَمَا وَلَدَ ﴿٣﴾
90:3 Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.
لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ فِى كَبَدٍ ﴿٤﴾
90:4 Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.
أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ ﴿٥﴾
90:5 U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًا لُّبَدًا ﴿٦﴾
90:6 U: «Ko`plab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir.
أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ ﴿٧﴾
90:7 U o`zini birov ko`rmadi, deb hisoblaydirmi?
أَلَمْ نَجْعَل لَّهُۥ عَيْنَيْنِ ﴿٨﴾
90:8 Biz unga ikki ko`zni.
وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ ﴿٩﴾
90:9 Va tilni va ikki labni bermadikmi?
وَهَدَيْنَـٰهُ ٱلنَّجْدَيْنِ ﴿١٠﴾
90:10 Va Biz uni ikki yo`lga yo`llab qo`ymadikmi?
فَلَا ٱقْتَحَمَ ٱلْعَقَبَةَ ﴿١١﴾
90:11 Bas, u dovon oshib o`tmadi.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْعَقَبَةُ ﴿١٢﴾
90:12 Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
فَكُّ رَقَبَةٍ ﴿١٣﴾
90:13 U qul ozod qilishdir.
أَوْ إِطْعَـٰمٌ فِى يَوْمٍ ذِى مَسْغَبَةٍ ﴿١٤﴾
90:14 Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.
يَتِيمًا ذَا مَقْرَبَةٍ ﴿١٥﴾
90:15 Qarindosh yetimga.
أَوْ مِسْكِينًا ذَا مَتْرَبَةٍ ﴿١٦﴾
90:16 Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.
ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْا۟ بِٱلْمَرْحَمَةِ ﴿١٧﴾
90:17 So`ngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bo`lsa...
أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ ﴿١٨﴾
90:18 Ana o`shalar o`ng tomon egalaridir.
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا هُمْ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ ﴿١٩﴾
90:19 Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.
عَلَيْهِمْ نَارٌ مُّؤْصَدَةٌۢ ﴿٢٠﴾
90:20 Ularni chiqib bo`lmaydigan o`t-olov o`rab olgandir.