QuranQuiz bySALSABIL STUDIO
Open the appOpen app

سورة الطارق

At-Tariq surasi oʻzbek tilida

17 oyat · 114 suradan 86-sura

🌐 Translation: Oʻzbekcha

Englishالعربية (بلا ترجمة)اردوBahasa IndonesiaBahasa MelayuTürkçeFrançaisDeutschEspañolPortuguêsItalianoNederlandsРусскийفارسیবাংলাहिन्दीSoomaaliKiswahiliHausaShqipBosanskiAzərbaycancaOʻzbekcha中文日本語한국어ภาษาไทยTiếng ViệtTagalogپښتوPolskiSvenskaNorskSuomiČeštinaRomânăБългарскиУкраїнськаעבריתதமிழ்മലയാളംతెలుగుमराठीગુજરાતીनेपालीසිංහලঅসমীয়াسنڌيدریKurdîދިވެހިئۇيغۇرچەአማርኛAfaan OromooYorùbáKinyarwandaBamanankanChiyaoTamaziɣtMëranawТоҷикӣҚазақшаТатарчаភាសាខ្មែរEnglish (Abdel Haleem)

Tarjima: Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ

وَٱلسَّمَآءِ وَٱلطَّارِقِ ﴿١﴾

86:1 Osmon bilan qasam va toriq bilan qasam.

وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلطَّارِقُ ﴿٢﴾

86:2 Toriq nimaligini senga ne bildirdi?

ٱلنَّجْمُ ٱلثَّاقِبُ ﴿٣﴾

86:3 U, nur sochib turuvchi yulduzdir.

إِن كُلُّ نَفْسٍ لَّمَّا عَلَيْهَا حَافِظٌ ﴿٤﴾

86:4 Hech bir jon yo`qki, uning hifz qilib turuvchisi bo`lmasa.

فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَـٰنُ مِمَّ خُلِقَ ﴿٥﴾

86:5 Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.

خُلِقَ مِن مَّآءٍ دَافِقٍ ﴿٦﴾

86:6 U otilib chiquvchi suvdan yaralgandir.

يَخْرُجُ مِنۢ بَيْنِ ٱلصُّلْبِ وَٱلتَّرَآئِبِ ﴿٧﴾

86:7 U (suv) sulb (orqa umurtqa) va taroib (ko`krak suyagi) orasidan chiqadir.

إِنَّهُۥ عَلَىٰ رَجْعِهِۦ لَقَادِرٌ ﴿٨﴾

86:8 Albatta, U zot uni qayta tiriltirishga qodirdir.

يَوْمَ تُبْلَى ٱلسَّرَآئِرُ ﴿٩﴾

86:9 Sirlar fosh bo`ladigan kundadir.

فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةٍ وَلَا نَاصِرٍ ﴿١٠﴾

86:10 Bas (o`shanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham bo`lmaydir.

وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجْعِ ﴿١١﴾

86:11 Qaytuvchi sohibi bo`lgan osmon bilan qasam.

وَٱلْأَرْضِ ذَاتِ ٱلصَّدْعِ ﴿١٢﴾

86:12 Yorib chiquvchi egasi bo`lgan yer bilan qasam.

إِنَّهُۥ لَقَوْلٌ فَصْلٌ ﴿١٣﴾

86:13 Albatta, u (Qur'on) ajratuvchi so`zdir.

وَمَا هُوَ بِٱلْهَزْلِ ﴿١٤﴾

86:14 Va u hazil emasdir.

إِنَّهُمْ يَكِيدُونَ كَيْدًا ﴿١٥﴾

86:15 Albatta, ular hiyla qiladir.

وَأَكِيدُ كَيْدًا ﴿١٦﴾

86:16 Va Men ham «hiyla» qilurman.

فَمَهِّلِ ٱلْكَـٰفِرِينَ أَمْهِلْهُمْ رُوَيْدًۢا ﴿١٧﴾

86:17 Bas, kofirlarga muhlat ber. Ha, ularga ozgina muhlat ber.

Oʻzingizni sinang

Oʻzingizni sinang →

Hear Surah At-Tariq from all 90 reciters →