بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ
إِذَا ٱلشَّمْسُ كُوِّرَتْ ﴿١﴾
81:1 Vaqtiki, quyoshni buklab, o`ralsa.
وَإِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتْ ﴿٢﴾
81:2 Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.
وَإِذَا ٱلْجِبَالُ سُيِّرَتْ ﴿٣﴾
81:3 Va vaqtiki, tog`lar joyidan ko`chirilsa.
وَإِذَا ٱلْعِشَارُ عُطِّلَتْ ﴿٤﴾
81:4 Va vaqtiki, homilasiga o`n oy to`lgan tuyalar qarovsiz qolsa.
وَإِذَا ٱلْوُحُوشُ حُشِرَتْ ﴿٥﴾
81:5 Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga to`plansa.
وَإِذَا ٱلْبِحَارُ سُجِّرَتْ ﴿٦﴾
81:6 Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.
وَإِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتْ ﴿٧﴾
81:7 Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.
وَإِذَا ٱلْمَوْءُۥدَةُ سُئِلَتْ ﴿٨﴾
81:8 Va vaqtiki, tiriklay ko`milgan qizdan so`ralsa.
بِأَىِّ ذَنۢبٍ قُتِلَتْ ﴿٩﴾
81:9 U nima gunoh uchun o`ldirilgan?
وَإِذَا ٱلصُّحُفُ نُشِرَتْ ﴿١٠﴾
81:10 Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.
وَإِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتْ ﴿١١﴾
81:11 Va vaqtiki, osmon qo`porilsa.
وَإِذَا ٱلْجَحِيمُ سُعِّرَتْ ﴿١٢﴾
81:12 Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.
وَإِذَا ٱلْجَنَّةُ أُزْلِفَتْ ﴿١٣﴾
81:13 Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّآ أَحْضَرَتْ ﴿١٤﴾
81:14 Har bir jon nima hozirlaganini biladir.
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلْخُنَّسِ ﴿١٥﴾
81:15 (Kunduzi) maxfiy bo`luvchi(yulduz)lar bilan qasam.
ٱلْجَوَارِ ٱلْكُنَّسِ ﴿١٦﴾
81:16 (Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.
وَٱلَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ ﴿١٧﴾
81:17 Qorong`uligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.
وَٱلصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ ﴿١٨﴾
81:18 Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ ﴿١٩﴾
81:19 Albatta u(Qur'on) karamli elchining so`zidir.
ذِى قُوَّةٍ عِندَ ذِى ٱلْعَرْشِ مَكِينٍ ﴿٢٠﴾
81:20 U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.
مُّطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ ﴿٢١﴾
81:21 Itoat qilingan, omonatlidir.
وَمَا صَاحِبُكُم بِمَجْنُونٍ ﴿٢٢﴾
81:22 Sizning sohibingiz majnun emasdir.
وَلَقَدْ رَءَاهُ بِٱلْأُفُقِ ٱلْمُبِينِ ﴿٢٣﴾
81:23 Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda ko`rdi.
وَمَا هُوَ عَلَى ٱلْغَيْبِ بِضَنِينٍ ﴿٢٤﴾
81:24 Va u g`aybga baxil emasdir.
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَـٰنٍ رَّجِيمٍ ﴿٢٥﴾
81:25 Va u(Qur'on) toshbo`ron qilingan shaytonning so`zi emasdir.
فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ ﴿٢٦﴾
81:26 Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٧﴾
81:27 U (Qur'on) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.
لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَسْتَقِيمَ ﴿٢٨﴾
81:28 Sizlardan istiqomat(to`g`ri yo`l)da bo`lishni xohlovchilar uchundir.
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٩﴾
81:29 Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar.